Asaka tuman 1-son Texnikumi — zamonaviy ta'lim, malakali o'qituvchilar va istiqbolli kasb yo'nalishlari.
Texnikumimiz hayotidagi eng yangi xabarlar
Asaka tuman 1-son texnikumida navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida pedagog va xodimlar uchun tayyorlangan videolavha namoyish etildi. Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, muhim yangiliklar va dolzarb masalalar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Siyosiy-ma’rifiy mashg‘ulotlar xodimlarning dunyoqarashini kengaytirish, siyosiy bilim va savodxonligini oshirish hamda mamlakatimizda yuz berayotgan yangiliklardan muntazam xabardor bo‘lib borishiga xizmat qiladi.
Texnikum hududida obodonlashtirish va tozalik ishlari olib borilmoqda. Jarayon davomida hududni ozoda saqlash, atrof-muhitni yanada ko‘rkamlashtirish, yashil maydonlarni tartibga keltirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday ezgu ishlar ta’lim muassasasida tozalik va obodlikni ta’minlash, o‘quvchilar uchun yanada qulay va shinam muhit yaratishga xizmat qiladi. 🌿
Asaka tuman 1-son texnikumida “Yashil energetika”ning afzalliklari, energiyani tejash hamda uning iqtisodiyotdagi ahamiyati mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi. Suhbat davomida qayta tiklanuvchi energiya manbalari, jumladan, quyosh va shamol energiyasidan samarali foydalanish, energiya resurslarini tejash, ekologik muhitni muhofaza qilish hamda yashil energetikaning iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik barqarorlikni ta’minlash borasida ishtirokchilar bilan fikr almashildi.
Har bir kafedra zamonaviy bilim va amaliyotni birlashtiradi
Dasturlash, kiberxavfsizlik va sun'iy intellekt yo'nalishlari.
Tursunoy Qurbonova
Zamonaviy avtomobil xizmati va texnologiyalar.
Xamidullo Yuldashev
Tarix, falsafa va sotsiologiya sohasida tadqiqotlar.
Zulfiya Jurayeva
Ingliz tilini chuqur o'rganish va xalqaro standartlar.
Nilufar Isroilova
Aziz o‘quvchilar! Sizlarni 25-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan PUBG Mobile musobaqasiga taklif qilamiz! Do‘stlaringiz bilan jamoa tuzing va g‘alaba uchun kurashing!
Talabalarimiz nazariy bilimlarni texnikumda, amaliy ko‘nikmalarni esa yirik zavod va korxonalarda egallab, rasmiy oylik maosh oladilar.
Talabalarni ilm olishga, kitobxonlikka va sog‘lom raqobatga undaydigan raqamli tizim.
A’lo baholar, o‘qilgan kitoblar va darslarda muntazam qatnashish uchun tangalar beriladi. Ularni kitob, sovg‘a va vaucherlarga almashtirish mumkin.
CS 1.6, Generals, FIFA va PUBG turnirlari darslardan keyin o‘tkaziladi va talabalar uchun ochiq.
YouTube va Coursera’dan saralangan darslarga havolalar hamda o‘rganilgan mavzularni mustahkamlash uchun interaktiv savollar.
Raqamli kutubxona, tez va ravon o‘qish tanlovlari, yosh ijodkorlar she’riyat burchagi va dasturlash bo‘yicha algoritm musobaqalari.