Logo
Asaka 1-son Texnikum
O'zbekiston Respublikasi, Asaka tumani
school
Talaba kabineti
Fanlar, baholar, EduCoin
chevron_right

Ochiq darslar

O‘tilgan ochiq darslar va ularning materiallari

school

Media va axborot savodxonligi

Axborot texnologiyalari
topic
Mavzu Yangiliklarni tahlil qilish usullari
person
O'qituvchi Mamataliyeva Oytoji
calendar_month
O'tilgan sana 12.11.2026
OCHIQ DARS — MEDIA VA AXBOROT SAVODXONLIGI!

Asaka tuman 1-son texnikumida 17/26-guruh o‘quvchilari uchun Media va axborot savodxonligi fanidan Mamtaliyeva Oytojixon tomonidan ochiq dars tashkil etildi.

Ochiq dars davomida o‘quvchilarga axborot texnologiyalaridan to‘g‘ri foydalanish, ishonchli axborotni yolg‘on ma’lumotlardan ajratish, media savodxonlikning bugungi kundagi ahamiyati haqida tushunchalar berildi.

Dars jarayoni qiziqarli savol-javoblar, interaktiv topshiriqlar va amaliy mashg‘ulotlar asosida tashkil etilib, o‘quvchilar o‘z bilim va faolliklarini namoyon etdilar.
description
ochiq dars 5.docx
visibility Ko‘rish
school

Biznes asoslari

Kasbiy fanlar
topic
Mavzu Raqamli marketing va marketing faoliyati samaradorligi
person
O'qituvchi Xoliqov Xasanboy
calendar_month
O'tilgan sana 11.11.2026
“BIZNES ASOSLARI” FANIDAN OCHIQ DARS MASHG‘ULOTI

Asaka tuman 1-son texnikumida Xoliwov Xasanboy tomonidan “Biznes asoslari” fanidan ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.

Dars jarayonida mavzuga oid nazariy bilimlar amaliy misollar bilan uyg‘unlashtirilib, o‘quvchilarga tadbirkorlik faoliyatining mazmun-mohiyati, biznes yuritish tamoyillari hamda samarali ishbilarmonlik faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tushunchalar berildi.

Mashg‘ulot davomida zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanilib, o‘quvchilarning mavzu yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi, savol-javob va muhokamalar orqali ularning bilimlari mustahkamlandi.
description
ochiq dars 4.docx
visibility Ko‘rish
school

ingiliz tili

Ta'lim kafedrasi
topic
Mavzu Fasllar va ob-havo
person
O'qituvchi Sotvoldiyeva Muslimaxon
calendar_month
O'tilgan sana 06.11.2026
INGLIZ TILIDAN OCHIQ DARS TASHKIL ETILDI

Asaka tuman 1-son texnikumida 15-26-guruh o‘quvchilari ishtirokida ingliz tili fanidan ochiq dars mashg‘uloti tashkil etildi.

Ochiq dars davomida o‘quvchilar turli interfaol metodlar, savol-javoblar va amaliy topshiriqlar orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyish etdilar.

Mashg‘ulot ingliz tili fani o‘qituvchisi Sotvoldiyeva Muslimaxon tomonidan olib borildi. Dars jarayonida o‘quvchilarning xorijiy tilni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirishga alohida e’tibor qaratildi
description
ochiq dars 3.docx
visibility Ko‘rish
school

Tarix

Ta'lim kafedrasi
topic
Mavzu Diniy konfensiya
person
O'qituvchi Xamdamova Diloromxon
calendar_month
O'tilgan sana 24.10.2026
TARIX FANIDAN NOAN’ANAVIY OCHIQ DARS

Asaka tuman 1-son texnikumida tarix fani o‘qituvchisi D. Hamdamova tomonidan 9-25 va 10-25-guruh o‘quvchilari ishtirokida tashkil etilgan noan’anaviy ochiq dars mashg‘uloti qizg‘in ruhda davom etmoqda.

Ochiq dars davomida har ikki guruh o‘quvchilari tarix faniga oid bilim va ko‘nikmalarini namoyon etib, turli topshiriqlar va savol-javoblar orqali o‘zaro bellashmoqdalar.

Mashg‘ulotning noan’anaviy tarzda tashkil etilgani o‘quvchilarning darsga bo‘lgan qiziqishini oshirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda jamoa bo‘lib ishlash ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
description
Doc1.docx
visibility Ko‘rish
school

Ona tili va adabiyot

Ta'lim kafedrasi
topic
Mavzu Nutqning aniqligi
person
O'qituvchi Bozorboyeva Zuxraxon
calendar_month
O'tilgan sana 26.09.2026
ONA TILI FANIDAN MASTER-KLASS

Asaka tuman 1-son texnikumining 9-25-guruh o‘quvchilari uchun ona tili fanidan master-klass tashkil etildi. Mashg‘ulotni ona tili fani o‘qituvchisi Z. Bozorboyeva olib bordi.

Master-klass davomida o‘quvchilarning ona tili faniga oid bilimlarini mustahkamlash, mustaqil fikrlash va amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Mazkur master-klass o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda bilimlarini amaliy faoliyat orqali boyitishga xizmat qildi.
description
ochiq dars.docx
visibility Ko‘rish