Logo
Asaka 1-son Texnikum
O'zbekiston Respublikasi, Asaka tumani
school
Talaba kabineti
Fanlar, baholar, EduCoin
chevron_right
star O'zbekistonning yetakchi texnikumlaridan biri

Kelajak mutaxassislari
shu yerda tayyorlanadi

Asaka tuman 1-son Texnikumi — zamonaviy ta'lim, malakali o'qituvchilar va istiqbolli kasb yo'nalishlari.

Pastga aylantiring
15,000+
Bitiruvchilar
42+
Yil tajriba
6
Kafedra
98%
Ish bilan ta’minlanish
Yangiliklar

So'nggi voqealar

Texnikumimiz hayotidagi eng yangi xabarlar

ASAKA TUMAN 1-SON TEXNIKUMIDA SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI O‘TKAZILDI
ASAKA TUMAN 1-SON TEXNIKUMIDA SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI O‘TKAZILDI
ASAKA TUMAN 1-SON TEXNIKUMIDA SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI O‘TKAZILDI
ASAKA TUMAN 1-SON TEXNIKUMIDA SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI O‘TKAZILDI
photo_library 4 ta rasm
calendar_month 21.11.2026

ASAKA TUMAN 1-SON TEXNIKUMIDA SIYOSIY-MA’RIFAT SOATI O‘TKAZILDI

Asaka tuman 1-son texnikumida navbatdagi siyosiy-ma’rifat soati tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida pedagog va xodimlar uchun tayyorlangan videolavha namoyish etildi. Unda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, muhim yangiliklar va dolzarb masalalar yuzasidan ma’lumotlar berildi. Siyosiy-ma’rifiy mashg‘ulotlar xodimlarning dunyoqarashini kengaytirish, siyosiy bilim va savodxonligini oshirish hamda mamlakatimizda yuz berayotgan yangiliklardan muntazam xabardor bo‘lib borishiga xizmat qiladi.

ASAKA TUMAN 1-SON TEXNIKUMIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI
calendar_month 21.11.2026

ASAKA TUMAN 1-SON TEXNIKUMIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI

Texnikum hududida obodonlashtirish va tozalik ishlari olib borilmoqda. Jarayon davomida hududni ozoda saqlash, atrof-muhitni yanada ko‘rkamlashtirish, yashil maydonlarni tartibga keltirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunday ezgu ishlar ta’lim muassasasida tozalik va obodlikni ta’minlash, o‘quvchilar uchun yanada qulay va shinam muhit yaratishga xizmat qiladi. 🌿

“YASHIL ENERGETIKA”NING AFZALLIKLARI VA IQTISODIY AHAMIYATI MUHOKAMA QILINDI
calendar_month 21.11.2026

“YASHIL ENERGETIKA”NING AFZALLIKLARI VA IQTISODIY AHAMIYATI MUHOKAMA QILINDI

Asaka tuman 1-son texnikumida “Yashil energetika”ning afzalliklari, energiyani tejash hamda uning iqtisodiyotdagi ahamiyati mavzusida davra suhbatlari tashkil etildi. Suhbat davomida qayta tiklanuvchi energiya manbalari, jumladan, quyosh va shamol energiyasidan samarali foydalanish, energiya resurslarini tejash, ekologik muhitni muhofaza qilish hamda yashil energetikaning iqtisodiy rivojlanishdagi o‘rni haqida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, energiya tejamkor texnologiyalarni joriy etish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik barqarorlikni ta’minlash borasida ishtirokchilar bilan fikr almashildi.

Kafedralar

Bizning yo'nalishlar

Har bir kafedra zamonaviy bilim va amaliyotni birlashtiradi

computer

Axborot texnologiyalari

Dasturlash, kiberxavfsizlik va sun'iy intellekt yo'nalishlari.

Tursunoy Qurbonova
Ko'proq arrow_forward
directions_car

Avtomobil muhandisligi

Zamonaviy avtomobil xizmati va texnologiyalar.

Xamidullo Yuldashev
Ko'proq arrow_forward
menu_book

Umumta'lim fanlari

Tarix, falsafa va sotsiologiya sohasida tadqiqotlar.

Zulfiya Jurayeva
Ko'proq arrow_forward
construction

Kasbiy fanlar

Kasbiy fanlarda zamonaviy bilim va amaliyot.

Gayratbek Nazarov
Ko'proq arrow_forward
public

Ingliz tili

Ingliz tilini chuqur o'rganish va xalqaro standartlar.

Nilufar Isroilova
Ko'proq arrow_forward
E'lonlar

Oxirgi e'lonlar

17
Noy

PUBG MOBILE MUSOBAQASI

PUBG MOBILE MUSOBAQASI

Aziz o‘quvchilar! Sizlarni 25-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan PUBG Mobile musobaqasiga taklif qilamiz! Do‘stlaringiz bilan jamoa tuzing va g‘alaba uchun kurashing!

handshake Kafolatlangan kelajak

Dual ta’lim va hamkor korxonalar

Talabalarimiz nazariy bilimlarni texnikumda, amaliy ko‘nikmalarni esa yirik zavod va korxonalarda egallab, rasmiy oylik maosh oladilar.

Innovatsiya va zamonaviy ta’lim

Zamonaviy talabalar ekotizimi

Talabalarni ilm olishga, kitobxonlikka va sog‘lom raqobatga undaydigan raqamli tizim.

toll

EduCoin va GameCoin

A’lo baholar, o‘qilgan kitoblar va darslarda muntazam qatnashish uchun tangalar beriladi. Ularni kitob, sovg‘a va vaucherlarga almashtirish mumkin.

sports_esports

Darsdan keyingi kibersport

CS 1.6, Generals, FIFA va PUBG turnirlari darslardan keyin o‘tkaziladi va talabalar uchun ochiq.

smart_display

Ta’lim videolari

YouTube va Coursera’dan saralangan darslarga havolalar hamda o‘rganilgan mavzularni mustahkamlash uchun interaktiv savollar.

auto_stories

Kitobxonlik va notiqlik

Raqamli kutubxona, tez va ravon o‘qish tanlovlari, yosh ijodkorlar she’riyat burchagi va dasturlash bo‘yicha algoritm musobaqalari.

Bizning texnikumga qo'shiling va kelajagingizni quring!

Zamonaviy kasblar, tajribali o‘qituvchilar va keng imkoniyatlar sizni kutmoqda.